Oʻzbekistonga 11 oyda 2,1 mln. tonna sement import qilingan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 87,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,1 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 420 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 11 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
— Tojikiston – 903 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 623,5 ming tonna
— Qozogʻiston – 558,6 ming tonna
— Eron – 17,6 ming tonna
— Turkmaniston – 12,7 ming tonna
— Xitoy – 1,4 ming tonna
— Rossiya – 1,1 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring