Oʻzbekistonga 10 oyda 115,1 mingta televizor import qilingan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 31,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 115,1 mingta televizor import qilingan.
Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 23,9 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 16 ta davlatdan televizor import qilgan.
Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp televizor import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 65,5 mingta;
— Rossiya – 45,3 mingta;
— Indoneziya – 3,1 mingta;
— Polsha – 597 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring