Oʻzbekistondan Rossiyaga yangi charter reyslar sanasi maʼlum boʻldi

16:52 18 Iyun 2020 Dunyo
2331 0

Oʻzbekistondan Rossiyaga yoʻlovchilarni yetkazib qoʻyish boʻyicha yangi parvozlar sanalari maʼlum boʻldi.

Rossiya elchixonasining Toshkentdagi konsullik boʻlimi RFga quyidagi yangi charter reyslar uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qildi:

20-iyun: Toshkent — Qozon

21-iyun: Toshkent — Yekaterinburg

23-iyun: Toshkent — Moskva — Sankt-Peterburg

“Rossiyaga qaytishni xohlovchilar davlat xizmatlari saytida arizani toʻldirishlari kerak. Shundan soʻng ular yoʻlovchilar roʻyxatiga kiritiladi. Barcha reyslar faqat tijoriy asosda amalga oshiriladi”, — deyiladi konsullik boʻlimi xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер