Oʻzbekistondagi OTMlarda hijob oʻrashga ruxsat berilganmi? Vazir javob berdi

14:57 18 Dekabr 2020 Jamiyat
4362 0

“Tashkent city”dagi Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida oʻtkazilgan “Ijtimoiy soha – 2030: taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda Oliy va oʻrta taʼlim vaziri Inomjon Majidov ham ishtirok etdi va bir qator savollarga javob berdi.

2030-yilga kelib talabalar uchun turar joylar yetarli boʻladimi?

– “Oliy taʼlim muassasalari mustaqil rivojlanish yoʻlida va bu mustaqillik hamma tomonlama, yaʼni ham akademik, ham moliyaviy. Bugungi kunda talabalarning 25 foizi byudjetda, 75 foizi shartnoma asosida oʻqishmoqda, yaʼni moddiy bazani yaratish ham shunga bogʻliq boʻladi”.

Oliy taʼlimda hijobga ruxsat berilganmi?

– “Hamma Oliy oʻquv yurtlarida ichki tartib qoidalar mavjud. Ularga amal qilinishi kerak. Bu faqat bizda emas, butun dunyoda shunday”

Kollej texnikumlarga, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarining javoblari chiqishi bir oylab choʻzilyapti? Bu korrupsiya uchun yetarli sabab boʻlishi mumkin? Yangi Oʻzbekiston deyapmiz, lekin bu yangi Oʻzbekistonga oʻxshamayapti? Nega javoblar chiqishi kechikyapti?

– “Texnikumlarga qayerda ortiqcha talab boʻlsa, oʻsha yerda imtihonlar oʻtkazildi. Tanlov koʻp boʻlmasa imtihonsiz qabul qilindi. Imtihon olingan joylarda kechikishga birinchi sabab, bu oliygohlarga kira olmaganlarga ham imkon berish edi. Oliygohlarga kira olmaganlar ham texnikumlarga topshirish imkoniga ega boʻlishdi. Shu sababdan ham imtihonlar kech oʻtkazildi” – dedi I. Majidov.

Shuningdek, Oliy va oʻrta taʼlim vazirining taʼkidlashicha, sohani yana-da rivojlantirish uchun qator rejalar qoʻyilgan, faqat ularni amalga oshirish uchun vaqt kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер