Oʻzbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 mln. tani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.
Shu jumladan, aholida 24 mln. 868,1 mingta abonentni tashkil etgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8 % ga oshgan.
Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring