Oʻzbekistondagi aksilkorrupsiyaviy islohotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 11-15-dekabr kunlari AQSHning Atlanta shahrida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari 10-konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiya doirasida tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning qiyosiy yondashuvlari” mavzusidagi sessiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. Burhonov onlayn ishtirok etdi.
Maʼruzada quyidagilarga toʻxtalib oʻtildi:
➖ davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash boʻyicha global tendensiyalar va chaqiriqlar;
➖ Oʻzbekistonda ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati, “Ochiqlik indeksi” joriy etilishi v.b.
Shuningdek:
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy platformasi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” haqida toʻxtalib, ushbu platformalar doirasida hamkorlik qilish taklifi ilgari surildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring