Oʻzbekistondagi Afgʻoniston fuqarolari viza muddati tugagan taqdirda ham chiqarib yuborilmaydi
Oʻzbekistonda boʻlib turish vizasi muddati tugayotgan Afgʻoniston fuqarolari oʻz yurtiga qaytarib yuborilmaydi, chunki mamlakatlar oʻrtasidagi chegara jismoniy shaxslar uchun yopiq. Bu haqda Gazeta.uz Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi vakiliga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hozirda Oʻzbekiston hududida 13658 nafar Afgʻoniston fuqarosi boʻlib turibdi. Shulardan 13032 nafari vaqtincha yashayotgan boʻlsa, ulardan koʻplari Oʻzbekistonga biznes masalalari boʻyicha hamda qarindoshlarini koʻrishga kelishgan.
IIV vakili respublikada boʻlib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga koʻra uzaytirilishini qoʻshimcha qildi. Ular vizalarini uzaytirish uchun Oʻzbekistondagi vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha migratsiya boʻlimlariga murojaat qilish lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring