Oʻzbekistondagi 4 ta oliygoh fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatidan joy oldi

15:50 22 Yanvar 2026 Jamiyat
749 0

Oʻzbekistondagi 4 ta oliygoh fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 roʻyxatidan joy oldi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” – fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qilgan.

Roʻyxatdan 4 ta Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasasi, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk marotaba fan reytingidan joy olgan.

Reytingga kirgan OTMlar va natijalar quyidagicha:

  • “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 401-500;
  • Oʻzbekiston milliy universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari boʻyicha – 801-1000;
  • Toshkent davlat texnika universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 501-600, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 801-1000;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining taʼlim – 601-800, muhandislik – 801-1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari boʻyicha – 1001+.

Maʼlumot uchun, “Times Higher Education” fanlar boʻyicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yoʻnalish hamda 148 ta fan kesimida baholab boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер