“Oʻzbekistondadir baxtim, toleim” nomli toʻplamning taqdimoti boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 13-noyabr kuni soat 15:00 da “Oʻzbekistondadir baxtim, toleim” nomli jamoa toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta majlislar zalida oʻtkaziladigan ushbu tadbirga keng jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
Ushbu toʻplamga tojik, qozoq, qoraqalpoq va rus tillarida ijod qiluvchi shoir va yozuvchilarimizning oʻzbek tiliga oʻgirilgan sheʼr va hikoyalari jamlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring