Oʻzbekistonda joriy yilning 7 oyida qancha benzin ishlab chiqarilgan?

10:07 22 Avgust 2025 Jamiyat
256 0

Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 667 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Shuningdek, joriy yilning ortda qolgan 7 oyi davomida 3,9 million tonna koʻmir, 378,8 ming tonna neft hamda 25,4 milliard kub.m tabiiy gaz ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 667,9 ming tonna gaz kondensati, 2 ming 335 dona yuk avtomobillari, 131 ming 796 dona avtomobil dvigatellari hamda 212 ming 156 dona yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarishga erishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер