Oʻzbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan pilot loyihani amalga oshirish boshlandi

22:41 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
411 0

Seulda Koreya Respublikasi va hamkor davlatlar oʻrtasida issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Koreya Respublikasi savdo vaziri An Duk Gыn raisligida boʻlib oʻtgan tadbirda Koreya savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) prezidenti Yu Jong Yol, Koreya energetika agentligi (KEA) raisi Li San Xun, Vetnam elchisi, shuningdek, loyihalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Koreya Respublikasi savdo vaziri oʻzining tabrik nutqida global darajada issiqxona gazlari emissiyasini nolga tenglashtirish boʻyicha xalqaro hamkorlik muhimligini, shuningdek, Janubiy Koreyaning shu muammoni bartaraf etish borasidagi siyosati va bu yoʻnalishda hamkor davlatlar bilan hamkorlikni qayd etdi. U Oʻzbekiston va Vetnam hamkor davlatlar sifatida tanlanganini, ular bilan birgalikda pilot loyihalar amalga oshirilishini taʼkidladi. Vazir Janubiy Koreya kompaniyalarining ilgʻor texnologiyalarini joriy etgan holda ushbu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda, shuningdek, Koreya Iqlim oʻzgarishi instituti (KICC Inc.) prezidenti Shin Yong Von ham maʼruza qildi. U Oʻzbekistonda gʻisht zavodida anʼanaviy yoqilgʻidan bio-pelletlarga oʻtish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha 1,6 million dollarlik tajriba loyihasini taqdim etdi. U kompaniya qizilmiya chiqindilaridan asosida bio-pelletlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgani haqida ishtirokchilarga maʼlum qildi. 10 yil davomida amalga oshiriladigan loyiha doirasida zararli va chiqindi gazlari chiqindilari 10,74 ming tonna ekvivalentga kamaytirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер