Oʻzbekistonda yangi oʻquv yili qachon boshlanadi?
“Qoʻshimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan edi.
Unga koʻra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi. Bundan kelib chiqadiki, 3-sentyabr, seshanba, yaʼni ish kuniga toʻgʻri kelsada, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Jumladan, 1-sentyabr — Oʻzbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2-sentyabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.
31-avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni boʻladi.
Shu bois 2024/2025-oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring