O‘zbekistonda yana davlat avtomobil raqamlari o‘zgaradimi?
Bu masalaga davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yil 18 aprel kuni “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Unga binoan joriy yil 1 noyabrga qadar sinov tariqasida Toshkent shahrida, jumladan, transport vositalari uchun qog‘oz hujjatlar bekor qilinadi. Barcha tegishli ma’lumotlar avtomobil egalarining ID-kartalariga kiritiladigan, amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari kreditlari, donor tashkilotlar, xorij davlatlari grantlarini ham jalb etish nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring