Oʻzbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha tender gʻoliblari aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovlarida gʻolib investorlar aniqlandi.
Tanlov natijalariga koʻra:
“Masdar” kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSH senti miqdorida taklifi bilan gʻolib boʻldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha Oʻzbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.
“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchun unda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4.828 AQSH sentida yetkazib berish taklifi bilan gʻolib deb topildi.
“Voltalia” kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2.888 AQSH sentida yetkazib berish taklifi bilan gʻolib deb topildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring