Oʻzbekistonda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini optimallashtirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

17:35 17 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
314 0

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Oʻzbekistonda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini optimallashtirish: raqobatbardosh nomutanosiblikni minimallashtirish va davlat xarajatlari samaradorligini oshirish strategiyalari” (dastlabki natijalar) mavzusida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Makroiqtisodiy siyosat departamenti direktori Abdumalik Djalilov, Kichik va oʻrta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qoʻllab-quvvatlash va davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Timur Xusanov hamda Jahon banki katta iqtisodchisi, loyiha rahbari Mariana Iotti boshchiligidagi delegatsiya vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda dastlab Jahon banki vakillari tomonidan “Oʻzbekistonda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini optimallashtirish: raqobatbardosh nomutanosiblikni minimallashtirish va davlat xarajatlari samaradorligini oshirish strategiyalari” mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Taqdimot davomida tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrishning iqtisodiy asoslari, Oʻzbekistonda mazkur yoʻnalishdagi ishlarning koʻlami qanchalik kengligi masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi davrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar misolida fikr almashildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер