Oʻzbekistonda soʻnggi 2 oyda salkam 70 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 66,7 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 107,4 % ga teng.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 79 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibi:
— ishlab chiqaradigan sanoat — 79 %.
— togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 11,3 %.
— Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash — 9,1 %.
— suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish — 0,6 %.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring