Oʻzbekistonda “sogʻlom hayot volontyorlari” korpusi shakllantiriladi

18:20 07 Aprel 2026 Siyosat
293 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Endilikda mahallada ommaviy sport natijadorligi faqat qamrov bilan emas, balki aholining salomatlik koʻrsatkichlariga ham qarab baholanadi.

Har bir viloyatdagi bittadan tumanda “salomatlik balansi” shakllantiriladi. Sport vaziri Adham Ikramov, Mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga sport bilan faol shugʻullanuvchi aholi orasidan “sogʻlom hayot volontyorlari” korpusi shakllantirish topshirildi.

Ular mahallalarda sport va sogʻlom turmush tamoyillarini targʻib qiladi. Har bir tumandagi ushbu tizimda eng namunali boʻlgan 10 tadan mahallaga bepul sport formasi va anjomlarini berish yoʻlga qoʻyiladi.

Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashgʻulotlari, yaʼni kross-fit ommalashayotgani taʼkidlandi. 1-maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilishi topshirildi. Kelgusi yildan kross-fit “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi.

Endilikda qaysi mahallada sportga qamrov oshib, aholining salomatligi yaxshilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallanish koʻrsatkichi kamaysa, volontyor va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 million soʻmgacha mukofot beriladi. Ushbu mahallada ommaviy sportga masʼul trenerga 200 foizgacha oylik ustama toʻlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер