Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni maʼlum qilindi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 34 749 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 7 310 ta
Fargʻona viloyati – 2 969 ta
Toshkent viloyati – 2 900 ta
Buxoro viloyati – 2 688 ta
Qashqadaryo viloyati – 2 578 ta
Samarqand viloyati – 2 530 ta
Surxondaryo viloyati – 2 323 ta
Andijon viloyati – 2 111 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 1 931 ta
Xorazm viloyati – 1 768 ta
Namangan viloyati – 1 666 ta
Jizzax viloyati – 1 536 ta
Navoiy viloyati – 1 390 ta
Sirdaryo viloyati – 1 049 ta
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring