Oʻzbekistonda qoʻllanilgan vaksina 30 million dozadan oshdi

11:35 16 Noyabr 2021 Jamiyat
512 0

2021-yil 15-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 276 356 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 146 301 nafarni,

— 2-bosqich emlanganlar 78 966 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 51 089 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 30 011 822 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 15 700 898 nafarni,

— 2-bosqichda emlanganlar 9 441 164 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 4 869 760 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Samarqand viloyati (38 039 doza),

— Toshkent viloyati (34 903 doza),

— Fargʻona viloyati (32 890 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 73,2 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер