Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasidagi dastlabki transfer amalga oshdi
Bu yilgi mavsum Fargʻonaning “Neftchi” klubi bilan Oʻzbekiston Superligasida gʻolib boʻlgan Bilolxon Toshmirzayev faoliyatini “Bunyodkor” klubida davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy sahifasida xabar berildi.
Maʼlumot uchun, Toshmirzayevning Fargʻona klubidan “Bunyodkor”ga oʻtishi 2025-yilgi qishki transferlar oynasidagi dastlabki transfer boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi 5-dekabr kuni ochiladi. Superliga klublari transferlar oynasi davomida 10 ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash huquqiga ega boʻladi.
5-dekabrgacha amalga oshirilgan transferlar limitdan tashqarida hisoblanadi. Yaʼni, Bilolxon Toshmirzayev bilan 2-dekabr kuni kelishuvga erishgan “Bunyodkor” klubi yana 10 ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash huquqini saqlab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring