Oʻzbekistonda qidiruvda boʻlgan shaxs Rossiyada ushlandi
Oʻzbekistonda jinoyat sodir etib, javobgarlikdan yashiringani uchun qidiruvda boʻlgan shaxs Rossiyada ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning Gʻijduvon tumani Soktari mahallasida roʻyxatda turuvchi N.N. ismli fuqaro Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng mazkur shaxs Gʻijduvon tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida N.N. Rossiya poytaxti Moskva shahrida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan. U hozirda Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring