Oʻzbekistonda qarindoshlik nikohidan har toʻrtinchi bola nogiron tugʻiladi
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, qarindoshlik nikohida boʻlgan oilalarning 25,2 foizida oilaviy nizolar, 24,9 foizida imkoniyati cheklangan bolalar borligi aniqlandi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati rahbari. Bu haqda vazirlik AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, oilaviy nikohlarning tashabbuskorlari 58,1 foiz hollarda bobo va buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi xolalar va amakilar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalardir.
“Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar hamon qonunga xilof ravishda qayd etilmoqda. Mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari, tibbiyot muassasalari va mahalla qoʻmitalari xodimlari tomonidan bu borada tushuntirish ishlari olib borilayotganiga qaramay, bunday holatlar hamon koʻp”, — deyiladi xabarda.
2022-yilda vazirlik tomonidan qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, qizlarning milliy qadriyatlar asosida tibbiy madaniyatini yuksaltirish, malakali mutaxassislar yordamida muammolarga oʻz vaqtida ijobiy yechim topishga koʻmaklashish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring