Oʻzbekistonda qancha parranda boqilmoqda?

09:27 05 May 2021 Iqtisodiyot
1017 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart holatiga respublikamizda 84,1 mln. bosh parrandalar mavjud. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 100,4 %.

2021-yilning yanvar-mart holatiga jami parrandalarning 15,3 % fermer xoʻjaliklari, 60,1 % dehqon xoʻjaliklari va 24,6 % qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida parrandalar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 4,5 mln.

Andijon – 7,7 mln.

Buxoro – 5,6 mln.

Jizzax – 3,6 mln.

Qashqadaryo – 6,0 mln.

Navoiy – 3,3 mln.

Namangan – 5,5 mln.

Samarqand – 11,5 mln.

Surxondaryo – 5,3 mln.

Sirdaryo – 2,2 mln.

Toshkent – 15,2 mln.

Fargʻona – 7,9 mln.

Xorazm – 5,8 mln.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер