Oʻzbekistonda qancha maydonga poliz ekinlari ekilgan?
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 72,2 ming gektar maydonda poliz ekinlari ekilgan.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, ekilgan poliz ekinlari umumiy maydonining 50,9 % i fermer xoʻjaliklariga, 40,6 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 8,5 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring