Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

12:00 13 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
712 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-dekabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 497 tani tashkil etgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 389 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

— Rossiya – 3 055 ta;

— Turkiya – 2 171 ta;

— Xitoy – 2 115 ta;

— Qozogʻiston – 1 235 ta;

— Koreya – 919 ta.

Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning 11 oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

— Rossiya – 842 ta;

— Turkiya – 331 ta;

— Xitoy – 245 ta;

— Qozogʻiston – 174 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер