Oʻzbekistonda oziq-ovqat narxi deyarli 15 foizga oshdi

12:39 22 Oktyabr 2021 Jamiyat
811 0

2021-yil sentyabr oyida yillik inflatsiya prognozlardan biroz oshib ketdi va 10,8%ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari narxi yillik hisobda 14,4% ga, energiya mahsulotlari esa 23,2% ga oshgan.

Bank maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda umumiy inflyatsiya dinamikasini belgilovchi asosiy omil oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishi boʻlgan hamda yillik inflyatsiyaga 6,1 foiz punkti miqdorida hissa qoʻshgan.

Sentabr oyida aholining keyingi 12 oylik inflyatsion kutish darajasi 15,8%gacha, tadbirkorlik subyektlari 14,7%gacha tushgan. Shunga qaramay, ular boshqa inflyatsiya darajasidan yuqori boʻlib qolmoqda.

Regulyator bu tendensiyani oziq-ovqat mahsulotlari va energiya manbalari narxining yuqori surʼatlar bilan oʻsishiga bogʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер