Oʻzbekistonda oʻtgan 2022 yilda ishsizlik darajasi 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan
Foto: Arxiv surat
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining maʼlumotiga koʻra, 2022-yil davomida turli sohalarda 2,7 million aholining doimiy bandligi taʼminlangan. 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnatga jalb etilgan.
Yuridik shaxslar tomonidan 1 million 335 ming, shundan yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 305 ming aholining doimiy bandligi taʼminlandi.
Bandlikni taʼminlash borasidagi ishlar natijasida oʻtgan yilda respublikada yil boshiga nisbatan ishsizlik 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring