Oʻzbekistonda Omicron shtammi aniqlangani nima uchun oradan ikki kun oʻtib eʼlon qilindi?
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xolmamat Norboyev bunga aniqlik kiritdi.
— Omicron shtammi, dastlab, 7-yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar oʻtkazish va uni tasdiqlash bilan bogʻliq jarayonlar tufayli uni oʻz vaqtida eʼlon qilish imkoni boʻlmadi va ikki kundan soʻng jamoatchilikka maʼlum qilindi, — dedi Xolmamat Norboyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring