Oʻzbekistonda oʻyinlar yaratish va oʻyin sanoatini rivojlantirish bilan shugʻullanadigan kompaniya direktori bilan uchrashuv oʻtkazildi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov “EAST GAMES” MCHJ direktori Anatoliy Soy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda joriy yilning 20-dekabr kuni Davlat rahbarining IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi davomida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda kelgusida IT korxonalar uchun taqdim etiladigan imtiyozlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Oʻz navbatida, xorijiy korxonalarni Oʻzbekistonga jalb qilish, yoshlarning malakasini oshirish, IT xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, Prezident videoselektor yigʻilishida taʼkidlanganidek, 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab berilishi, eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinishi aytib oʻtildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonda oʻyinlar yaratish va oʻyin sanoatini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring