Oʻzbekistonda “oilaviy sayohat taʼtili” tizimi joriy qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam boʻlmagan “oilaviy sayohat taʼtili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat taʼtili” yillik asosiy taʼtil hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring