Oʻzbekistonda oilaviy korxonalar koʻpmi yoki xususiy?

11:18 19 Iyun 2025 Jamiyat
273 0

2025-yilning 1-may holatiga Oʻzbekistonda jami 381 890 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu koʻrsatkich yurtimizda tadbirkorlik faoliyatining keng koʻlamda rivojlanayotganini koʻrsatadi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Tijorat korxonalarining eng katta qismini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tashkil etadi. Ularning umumiy soni 292 ming 885 tani tashkil etib, bu jami korxonalar sonining 76,7 foiziga teng. Bu esa ushbu tashkiliy-huquqiy shaklning eng ommabop va keng tarqalgan format ekanidan dalolat beradi.

Qolgan tijorat subyektlari tarkibida 47 ming 963 ta xususiy korxona, 37 ming 105 ta oilaviy korxona, 644 ta aksiyadorlik jamiyati hamda 3 ming 293 ta boshqa shakldagi korxonalar mavjud. Bunday koʻrinishdagi xilma-xillik tadbirkorlik faoliyatining turli yoʻnalishlarda olib borilayotganini tasdiqlaydi.

Ushbu raqamlar Oʻzbekistonda xususiy sektor salohiyatining ortib borayotganini, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida iqtisodiyotda ijobiy dinamika kuzatilayotganini koʻrsatadi. Ayniqsa, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar orqali kichik va oʻrta biznesning faolligi yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер