Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pullar kamaygan

14:28 14 Dekabr 2022 Jamiyat
518 0

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, jami pul massasi noyabr oyida 5,9 trillion soʻmga ortib, 1-dekabr holatiga 177,2 trillion soʻmga yetgan.

Bunda milliy valyutadagi boshqa depozitlar qoldigʻi 3,8 trillion soʻmga va chet el valyutasidagi depozitlar qoldigʻi 5,5 trillion soʻmga koʻpaygan boʻlsa, tor maʼnodagi pul massasi 3,4 trillion soʻmga qisqargan.

Xususan, noyabr oyida naqd pullar 2,4 trillion soʻmga kamayib, muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldigʻi 1-dekabr holatiga 41,3 trillion soʻmni tashkil etgan.

Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldigʻi 12,7 trillion soʻmga koʻpaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер