Oʻzbekistonda Misr tajribasi asosida qand lavlagi yetishtiriladi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Misrga bordi.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan bir qator muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlar chogʻida Misr vakillariga mamlakatimiz, xususan Gʻallaorol tumanining iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati haqidagi muhim maʼlumotlar taqdim etildi.
Misrning “ECAD” kompaniyasi raisi Amr al-Hafniy, “Al-Hanaa” kompaniyasi raisi Amr al-Murshidiy, Qishloq tadqiqotlari markazi maslahatchisi Essam Vasif bilan kechgan suhbat davomida Gʻallaorol tumanida qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Misr vakillari Jizzax viloyati ishbilarmonlari bilan hamkorlikda choʻl hududlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Iskandariya viloyatida oʻtkazilgan uchrashuvda Misr tajribasi asosida Gʻallaorol tumanidagi lalmi maydonlarda qand lavlagi yetishtirish boʻyicha kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring