Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ochiq roʻyxati yuritiladi

13:31 23 Iyun 2021 Jamiyat
1111 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” yuritiladi. Bu haqda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasida keltirib oʻtilgan.

Loyihaga koʻra, reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanishi mumkin:

davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;

saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʻrsatilishi;

davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzoligiga kiritilishi;

ular tomonidan taʼsis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bogʻliq tender va tanlov savdolarida ishtirok etishi;

davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar hamda davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер