Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ijobiy taʼsiri isbotlangan dori vositasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

15:52 06 Iyul 2020 Jamiyat
2406 0

Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini boshladi. Bu haqda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi

“Nobel Pharmsanoat” - Turkiyaning eng mashhur 100 shirkati roʻyxatidan oʻrin oluvchi “Ulkar Holding - Nobel İlaç” kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalari asosida tashkil qilingan boʻlib, Oʻzbekistonda 2002-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Korxona 73 tur, 150 shakldagi zamonaviy dori-darmon mahsulotlarini xalqaro GMP standartlariga mos mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish, mamlakat bozoriga taqdim etish bilan birga, xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan ham shugʻullanadi. Bugungi kunda mazkur korxonada 395 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda.

Kompaniya sifat boʻyicha direktori Shamshod Sharipov soʻzlariga koʻra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng taʼsir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy taʼsiri isbotlangan boʻlib, 2020-yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qoʻllana boshlangan. Shu oyning oʻzidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni «Favilavir» savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan eʼtiboran «Avifavir» nomida “XimRar” va Rossiyaning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

“Nobel Pharmsanoat” koronavirusga qarshi ushbu «Kovipir» dori vositasini eng avvalo Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradi va xorijga eksportini ham amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер