Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish boʻyicha 121 ta yangi holat qayd etildi
2020-yil 5-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 (+121) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 3373 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 10 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring