Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlarning nechtasi homilador ayollar ekani maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonda 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan, 120 nafari sogʻaygan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshligʻi Barno Abdusamadova maʼlum qildi.
Hozirda 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan.
Ulardan 234 nafarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ularning 120 nafari sogʻayib, uyiga ruxsat berilgan.
Shular orasida 2,9% holatda oʻlim bilan tugagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring