Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi
2020-yil 11-iyun soat 16:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4717 (+22) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 3611 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1087 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring