Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7700 nafardan oshdi

10:02 28 Iyun 2020 Jamiyat
803 0

2020-yil 28-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 (+43) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2465 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 19 nafari ogʻir, 6 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер