Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5080 nafarga yetdi

23:22 14 Iyun 2020 Jamiyat
1127 0

2020-yil 14-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5080 (+29) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan fuqarolar orasida, 2 nafar Toshkent shahrida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1118 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер