Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning nechtasi ogʻir ahvolda? 

13:28 14 Aprel 2020 Jamiyat
975 0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Oʻzbekistondagi epidemiologik vaziyat haqida maʼlumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 1054 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 2 nafarining ahvoli nisbatan ogʻirroq. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 4 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanyapti.

Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etyapti. 81 mingdan koʻproq holatda fuqarolarimiz uy va statsionar sharoitda karantin muddatini oʻtayapti.

Maʼlumotlarga koʻra, karantin tadbirlarini buzganlar soni 55 mingdan ortib ketdi. Bunday fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan 30 barobarigacha, rahbar xodimlarga 30 barobaridan 50 barobarigacha jarima qoʻllash belgilangan. Balki siz uchun bu unchalik katta mablagʻ emasdir. Lekin oilangiz, yaqinlaringiz salomatligini xavfga qoʻymasdan, karantin tadbirlariga rioya qiling, uyda qoling!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер