Oʻzbekistonda koronavirusdan 407 nafar bemor tuzaldi

15:33 22 Aprel 2020 Jamiyat
795 0

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh boʻlib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Jumladan, bugunning oʻzida Urganch shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, sogʻayganlarning 31 nafari barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyatdagi shifoxonalariga joylashtirilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 29 nafari erkak, 6 nafari ayollardir. Bemorlarning 6 nafari Buxorodan, 5 nafari Xorazmdan, 4 nafardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijondan, 3 nafardan Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlaridan, 2 nafardan Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan boʻlsa, 1 nafardan Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 45 nafarga yetdi.

Bunda, shubhasiz, Xorazm viloyatidagi fidoyi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor. Ularning saʼy-harakatlari, xalqaro standartlar asosida davo choralari koʻrilgani bemorlarning tuzalishiga zamin yaratdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 407 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер