Oʻzbekistonda koronavirusdan 293 nafar bemor tuzaldi

17:51 21 Aprel 2020 Jamiyat
842 0

Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 41 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Fargʻona viloyati boʻyicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatidan yana 15 nafar, Xorazm viloyatidan esa 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda shifo topganlarning 7 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadancharter reyslar orqali viloyatga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 11 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Buxoro va 2 nafari Surxondaryo viloyatidan boʻlsa,Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 68 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 83nafarga yetdi.

Xorazm viloyatida esa tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.Ulardan 3 nafari ayol, 1 nafari erkak boʻlib, 2 nafari Buxoro viloyatidan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 27 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sogʻaydi.

Hozirda Oʻzbekiston boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 293 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер