Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 83 nafarga yetdi

10:13 27 Mart 2020 Jamiyat
2145 0

Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8taga oshib, 83 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 5 nafari Toshkent shahrida, uch nafari esa Andijonda qayd qilingani tasdiqlandi.

Shu yilning 26-mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida boʻlgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. U bugun tongda soat 4:30da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan oʻtkir miokard infarktidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер