Oʻzbekistonda karantin muddati 25-mayga qadar uzaytirildimi?

18:07 07 May 2020 Jamiyat
1646 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika maxsus komissiyasi nomidan karantin cheklov tartibini 2020-yilning 25-mayiga qadar uzaytirilgani haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlarga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur xabarlar yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

IIBB xabarida taʼkidlanganidek, yolgʻon, chalgʻituvchi xabarlar, shu jumladan, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming soʻmdan 89 million 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер