Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha shu yilning oʻzida 700 million dollarlik dasturlar amalga oshiriladi
Illyustrativ foto
Prezidentimiz bu haqda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi:
“Xabaringiz bor, mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yoʻnalishda keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik, — dedi davlat rahbari. — Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak: kambagʻallikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish, ularning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa, ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uygʻotish zarur.
Biz bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atroflicha oʻrganib, xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqdamiz. Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha shu yilning oʻzida 700 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni koʻzda tutmoqdamiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring