Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizga qisqardi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Statistika agentligi tomonidan 2023-yil uchun Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi tahlil qilindi.
Statistika agentligi tomonidan oʻtkazilgan 16 mingta uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga koʻra, mamlakatimizda kambagʻallik darajasi 2023-yil yakunida 11,0 foizgacha pasaydi.
Mamlakatimizda oʻtgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambagʻallik qisqargan. 2022-yil natijalarida kambagʻallik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirildi.
Kambagʻallikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etildi:
Sirdaryo (19,5% dan 13,8% gacha), Andijon (17,4% dan 11,9% gacha) viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda (19,9% dan 13,7% gacha) sezilarli darajada qisqargan.
Minimal oʻzgarishlar Toshkent shahri (8,5% dan 7,9% gacha) va Buxoro (11.9% dan 11,8% gacha), Qashqadaryo (12,7% dan 11,5% gacha) viloyatlarida aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring