O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 1 trln 840 mlrd so‘mlik qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kutilmoqda
Foto: Abdumutallib Toirov, «Xalq so‘zi»
“Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, import bosuvchi sifatli mahsulotlar turini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi PQ–99-son qarori bilan talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, joriy yilda 17 ta loyihalarda jami 1 trln 837 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan.
Ushbu topshiriq joriy yil yanvar-noyabr oylarida 1 trln. 783,4 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 105,4 foiz o‘sish ta’minlandi hamda yil yakuni bilan 1 trln 840 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.
Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida joriy yilda hududlarda tashkil etilgan kooperatsiya yarmarkalarida 19,1 mlrd. so‘mlik
111 ta tarmoqlararo hamkorlik shartnomasi tuzildi. Elektron savdo platformasida doimiy ravishda 20 dar ortiq turdagi qurilish materiallari joylashtirib kelinmoqda.
Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan soha korxonalari ehtiyoji uchun kimyoviy moddalar DSP yelimi tayyorlash uchun “Formalin-37%” va “Karbamid A” («Termiz ta’minlash butlash» MCHJ) yetkazib berish amalga oshirilmoqda.
Joriy yil yakunga qadar 693 mln dollarlik qurilish mahsulotlari import qilinishi, o‘tgan yilga nisbatan 19 mln dollarga (97 foizga) kamayishi kutilmoqda.
Import tarkibini asosan yog‘och-qirindi plitalari (119 mln doll.), g‘ulqog‘oz (69 mln doll.), keramik plitkalar (41 mln doll.), sanitar keramika mahsulotlari (14 mln doll.) tashkil etgan.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga import hajmlarini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, syement, keramik plitkalar, keramogranit, quruq qorishmalar, PVXdan quvur va fitinglar kabi ko‘p hajmda import bo‘layotgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish maqsadida sohada joriy yil yakuniga qadar qariyb 2,0 mlrd dollarlik investisiya loyihalari o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish, mahalliy tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali mahsulotlar importini qisqartirish bo‘yicha quyidagi takliflar tegishliligi bo‘yicha vazirlik va tashkilotlarga bildirilgan. Jumladan;
- syement importini optimallashtirish maqsadida Syement korxonalari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ohaktosh tannarxining 5 foizi (yoki 1500 so‘m) miqdorida etib qayta tiklash;
- mahalliy oyna ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, TIF TN kodi 7005 bo‘lgan qurilish oynasi importiga notarif choralarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi №51-sonli farmonini qayta qo‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish.
Bunda import bo‘lib kirib kelayotgan barcha turdagi qurilish oynasiga 20 foiz miqdorda aksiz solig‘i joriy etishni nazarda tutish lozim qo‘llash.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi №51-sonli farmoniga asosan TIF TN kodi 7005 bo‘lgan qurilish oynasi 2025 yil 1 yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring