Oʻzbekistonda yil boshidan beri samolyotda uchgan yoʻlovchilar soni maʼlum qilindi
2021-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga koʻra, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan havo transportida tashilgan yoʻlovchilar soni 3,1 barobarga oshib, 2 101,4 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, havo transportida tashilgan yuklar hajmi 4,0 ming tonnani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring