Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi

10:24 08 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1316 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi Prezident Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlik axborot xizmati xabariga koʻra, xususan, 2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi belgilangan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmogʻida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 340 ming portga teng keng polosali yangi abonent qurilmalari keltirildi. Keltirilgan telekommunikatsiya qurilmalari hududlarga taqsimlanib mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda 281 ming port qurilmalar oʻrnatildi.

Bundan tashqari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish maqsadida 40 ta server qurilmasi va 5 komplekt maʼlumotlarni saqlash qurilmalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Shu kunga qadar respublika boʻylab jami 1 148 ta yangi tayanch stansiya oʻrnatilib ishga tushirildi. 1 483 ta obyektda joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali internet xizmatlarini taqdim etish imkoniyati yaratildi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan obyektlarga qadar 6, 5 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Bu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер